Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun Davlat budjetida ko‘rsatilgan mablag‘ yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni darsliklar va mashq daftarlari bilan ta’minlash bo‘yicha ehtiyojni to‘liq qoplash imkonini berishini ta’kidladi. Vazirlikka ko‘ra, ota-onalardan ijara uchun qo‘shimcha to‘lov undirish rejalashtirilmagan.
Deputat Alisher Qodirov maktab darsliklarining ijara to‘lovini joriy etish masalasini qayta ko‘rib chiqish kerakligini aytdi. U, shuningdek, o‘qituvchilarning maoshlarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi: “Yaxshi o‘qituvchilar ko‘proq, yomon ishlayotganlar esa kamroq oladigan raqobatli tizim yarataylik”, — dedi u.
Budjetnoma loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovni qaytarish rejalashtirilmoqda (2022-yilda bekor qilingandi). 2−11-sinf o‘quvchilari uchun to‘lov har bir to‘plam uchun 80 ming so‘mni tashkil qilishi mumkin. Bu budjetga yuklamani taxminan 376 mlrd so‘mga kamaytirishi kutilmoqda.
Yangi maktab darsliklari mualliflari darsliklarning mazmun-mohiyati va sifati haqida «asossiz xabarlar» tarqalayotgani sababli prezidentga murojaat qilishdi. Unda darsliklarni ekspertizadan o‘tkazilishiga qarshi emasliklari, biroq bahoni biznes manfaatlari bo‘lganlar bermasligi kerakligini ta’kidlashdi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining topshirig‘i bilan darsliklar sifatini tekshirish bo‘yicha ishchi guruhi tashkil etildi. Bundan tashqari, darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev maktab darsliklarining ijara to‘lovlari narxi keskin oshirilishi ortidan keng jamoatchilik, jumladan, ota-onalar tomonidan bildirilgan e’tirozlar fonida darsliklarni bepul ijaraga berishni tezkor yo‘lga qo‘yish yuzasidan topshiriq berdi.
Deputat Rasul Kusherbayev davlat umumiy o‘rta ta’lim davlat tomonidan kafolatlangani uchun maktab darsliklari ijarasi uchun to‘lovning mavjudligini Konstitutsiyaga zid, deb hisoblaydi. Parlament a’zosi tushuntirish berishi uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
Joriy o‘quv yilida maktablarda o‘quv darsliklarining o‘rtacha ijara narxi ikki baravarga oshdi. XTV buni qog‘oz narxlari va transport xarajatlari oshgani bilan izohladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting